Way II

Qanday ishlaydi?

Way II — sarmoya olamidagi yangi imkoniyat. Bu loyiha sizga barqaror faoliyat yuritayotgan va daromadli biznesning hammuallifi bo‘lish imkonini beradi.

Asosiy investitsiya obyekti — mintaqadagi alyuminiy profillar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya, o‘z mahsulotlarini o‘nlab mamlakatlarga eksport qiluvchi Akfa Aluminium Group hisoblanadi.

Way II investitsiya paketlari orqali sarmoya kiritib, siz mavjud biznesda ulushga ega bo‘lasiz. Daromadingiz esa bevosita kompaniyaning real foydasi hisobidan shakllanadi.

Dividendlar yiliga ikki marta, to‘lov kunidagi AQSH dollari kursi bo‘yicha hisoblanadi. Bu esa mablag‘laringizni inflyatsiya va valyuta tebranishlaridan ishonchli himoya qiladi.

Investitsiya muddati yakunlangach, ulushingiz kiritilgan kapital qiymatini to‘liq saqlagan holda, joriy kurs bo‘yicha qaytariladi. Shunday qilib, sarmoyangiz qiymati har doim barqaror qoladi.

Way ll yuridik shakli — kommandit shirkat.

Ushbu format investorga loyihada to‘laqonli sherik maqomida ishtirok etish imkonini beradi. Bunda huquq va majburiyatlar aniq belgilangan, o‘zaro hamkorlik tizimi shaffof va javobgarlik modeli tushunarlidir. Mazkur shakl kapitalni moslashuvchan jalb qilishga xizmat qiladi va yo‘naltirilgan mablag‘larning huquqiy himoyasini kafolatlaydi. Bu — yirik biznes rivojida ishtirok etish hamda barqaror investitsion daromad olish uchun ishonchli vositadir.

Endi yirik biznesga sarmoya kiritish imkoniyati mavjud

BUGUNDAN BOSHLANG!